Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Respublika ishchi guruhi Qo‘shtepa tumanida
2025-02-04 16:53:19 172
Qo‘shtepa tumanidagi “Qiyqi” va “Qumtepa” mahallalarida Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan hududiy tahlil ishlari olib borildi.
Ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishning samarali tizimini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorining mohiyati va ijrosi muhokama qilindi.
Hududdagi jinoyatchilik holati va unga qarshi kurashish choralari ko‘rib chiqildi.
Mahalla yettiligi tizimi – mahallada ijtimoiy muammolarni hal etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan muhim mexanizmdir. Shu bois, ushbu tizimning amaliy natijalari ham atroflicha muhokama qilindi.