Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepa mahallalarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda
2025-02-03 10:49:14 279
Bahor mavsumi kirib kelayotganligi munosabati bilan, o‘zbek xalqining milliy an’analaridan biri bo‘lgan hududlarni, qabristonlarni hamda ariq-zovurlarni tozalash, obodonlashtirish, ko‘chat va daraxtlarga shakl berib butash, oqlash, bo‘sh turgan yerlarga ko‘chat ekish ishlari amalga oshiriladi.
“Ozodalik, saramjon sarishtalik bor joyda baraka bo‘ladi” deb, bobolarimiz bejizga aytishmagan. Shu bois joriy yilning 10-mart kuniga qadar Respublikamizning barcha hududlarida har bir mahallalarda, ko‘chalarda, xonadonlarda haftaning shanba va yakshanba kunlari “Umumxalq hasharlari” o‘tkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan dam olish kunlari Qo‘shtepa tumanidagi barcha mahallalarda hashar tashkil etilib, obodonlashtirish, mahalla qabristonlarini, ariq-zovurlarni tozalash, yo‘l yoqalarida qurigan daraxtlar o‘rniga manzarali daraxtlar ekish, tadbirkorlik sub’yektlaridan, aholi tomonidan chiqarilayotgan maishiy chiqindilarni tozalash ishlari olib borildi.