Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Solijonobod” mahallasidagi ko‘chalarga kuzatuv kameralari o‘rnatildi
2025-02-01 12:06:12 57
Qo‘shtepa tumanidagi “Solijonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kungi PQ 1- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, mahallani kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar toifasidan olib chiqish maqsadida barcha kirish va chiqish hamda markaziy ko‘chalariga kuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda Dastur va hududiy “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.