Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepa tumani hokimligi xodimlari to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
2025-01-29 16:03:01 244
Ma’lumki, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlariga asosan tashkilotlarda xodimlarni dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish belgilangan.
Shu asosda Qo‘shtepa tumani hokimligining barcha xodimlari tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli poliklinikasida to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik jarayonlarida mutaxassis shifokorlar tomonidan barcha davlat fuqarolik xizmatchilari sog‘ligining barqarorligi ko‘zdan kechirilib, tibbiy tahlillar va yuzma-yuz muloqotlar asosida ularga zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.