Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Jarayon
2025-01-20 15:10:56 295
Barchamizga ma’lumki, “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, mamlakatimizning eksport ko‘rsatkichlarini oshirishni maqsadida dala chetlari hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha yangi tartib joriy etildi.
Ayni kunlarda Qo‘shtepa tumanida ham bu borada amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Bugun tuman hokimi A.Abdullayev hududlarda bo‘lib, Prezident qaroriga ko‘ra joylarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, tuman rahbari “Loyson” va “Shahartepa” MMTP hududlarida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari tomonidan olib borilayotgan obodonlashtirish hamda dala chetlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar bilan ham tanishdi.
Tashrif chog‘ida tuman rahbari tomonidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.