Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Garmdon” mahallasida kam ta’minlangan oilaga uy-joy qurib berilmoqda
2025-01-20 12:54:47 289
Qo‘shtepa tumanida ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning turmush darajasini yanada yaxshilash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Buni tumanning “Garmdon” mahallasida mahalliy aholi tashabbusi bilan olib borilayotgan amaliy ishlar misolida ham ko‘rish mumkin. Ushbu mahallada istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj Sirojiddin Jalilovning yashab kelayotgan uy-joyi ta’mirtalab holatga kelib qolgan va yashash uchun sharoit ham o‘ziga yarasha edi.
Mahalla mas’ullari va mahalliy aholi tashabbusi bilan Sirojiddin Jalilovga yangi barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 3 xona uy-joy qurib berish ishlari boshlab yuborildi.
Xayrli ishning qanoti bo‘ladi deyishadi. Ezgu tashabbusini eshitgan savobtalab insonlar Sirojiddin Jalilovnikiga hasharga borishmoqda.