Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepa tumanidagi mahallalarda sog‘lomlashtirish tadbirlari davom etmoqda
2025-01-16 15:18:39 596
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishlarini ortirish maqsadida mahallalarda turli sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Istiqlol madaniyat markazida mahalladagi yoshi ulug‘ nuroniylar o‘rtasida sportning stol tennisi, shaxmat-shashka turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
“Loyson” mahallasida esa mahallalararo futbol musobaqasi o‘tkazildi va g‘olib jamoa mahalla mas’ullari tomonidan rag‘batlantirildi.
Shuningdek, tumandagi BO‘SMda “Xalqobod”, “Qorajiyda”, “Xo‘jaqishloq” va “Istiqbol” mahallalarining mas’ullari hamda aholi ishtirokida “Sog‘lom hayot uchun – 5000 qadam” ommaviy yurish marafoni, ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari, qolaversa voleybol, shashka musobaqalari o‘tkazildi.