Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Jarayon
2025-01-14 16:11:37 141
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxonada hamda tez tibbiy yordam bo‘limida bo‘ldi.
Tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida bo‘lgan tuman rahbari u yerda yaratilgan shart-sharoitlar hamda qish mavsumini betalofat o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
“Tashabbusli byudjet” loyihasining o‘tgan yilgi birinchi mavsumida Respublika tez tibbiy yordam Farg‘ona hududiy filiali Qo‘shtepa tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga yangi bino qurish, ta’mirlash va quyosh paneli o‘rnatish bilan bog‘liq tashabbuslari g‘olib deb topilgan edi.
Hozirda qurilish va qayta ta’mirlash ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. Tuman hokimi hududda olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.
Tashrif davomida qish mavsumida bino va xonalarni muntazam issiqlik bilan ta’minlash hamda tez yordam binosidagi mavjud muammolarni qisqa fursat ichida yakunlab, xalq xizmatiga topshirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.