Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepa tumanida 2024-yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar:
2025-01-13 10:44:20 202
Qo‘shtepa tumanida 2024 yil davomida 5 nafar ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan qizlar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz xotin-qizlarning 42 million so‘m miqdorida to‘lov kontraktlari to‘lab berildi.
Oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan 9 nafar xotin-qizlar va “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarning 1 nafar farzandlariga kontrakt to‘lovining bir qismi uchun 49,9 million so‘m to‘lab berildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 iyundagi 322-sonli qaroriga asosan, mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan, lekin oliy ma’lumoti bo‘lmagan talabgorlarning 21 nafariga, tavsiyanomalar berilib, 4 nafari to‘lov kontrakt asosida, shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi 402-sonli qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning 68 nafariga tanlovda ishtirok etishlari uchun tavsiyanomalar berilib, ularning 23 nafari o‘qishga qabul qilindi.
Qolaversa, 202 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar bepul davolandi, 3 nafarining jarrohlik amaliyoti va davolanishlari uchun 70 million so‘mlik jamg‘arma hisobidan mablag‘ qoplab berildi, 2 nafar xotin-qizlarning esa uy joylari ta’mirlandi.