Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Izlagan imkon topar
2025-01-11 14:26:18 450
Qo‘shtepa tumanidagi “Qamishtepa” mahallasida yashovchi Gulnora Akbarova ishsizligi tufayli “Ayollar daftarida” turar edi. Unga Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Qo‘shtepa filialidan tikuv mashinalari xarid qilish va o‘z uyida do‘ppichilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 30 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi.
Tikuvchilikdan xabari bor, tirishqoq bu ayol qisqa fursat ichida faoliyatini rivojlantirib, mahalladagi o‘zi singari besh nafar xotin-qizlarga ham ish berdi.
Gulnora Akbarovaning tinimsiz izlanishlari va mehnatlari ortidan bugungi kunga kelib, tikuv mashinalari soni 13 taga yetdi. Qolaversa, mahalladagi 13 nafar ishsiz ayollarning bandligi ta’minlandi. Gulnoraxon boshchiligidagi opa-singillarimiz nafaqat do‘ppi choklashni qolaversa buyurtma asosida kiyim-kechak tikishni ham yo‘lga qo‘yishdi.