Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Ayollar daftari”ning 6-bosqichini shakllantirish va xonadonma-xonadon yurish orqali xatlov ishlarini tashkillash bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi
2025-01-10 16:14:22 535
Qo‘shtepa tumanidagi “Qiyqi” MFY hududida joylashgan 1-sektor shtabida O‘zbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qarorining ijrosini ta’minlash, mahallalarda “Ayollar daftari”ning 6-bosqichini shakllantirish va xonadonma-xonadon yurish orqali xatlov ishlarini tashkillash bo‘yicha 1-sektor hududida joylashgan mahallalar raislari va mahalla xotin-qizlar faollari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi.
Seminarda tuman hokimi o‘rinbosari M.Yuldasheva, tumanga biriktirilgan viloyat kasaba uyushmasi xodimi T.Xomidov, O‘zbekiston KU federatsiyasi viloyat kengashi rais o‘rinbosari L.Axmedova va mas’ul idoralarning vakillari hamda 19 ta mahallalarning mas’ullari ishtirok etishdi.
Seminar davomida “Qumtepa” mahalla “yettiligi” tomonidan xatlov jarayonini qanday tashkillash, nimalarga e’tibor qaratish, AD toifalar kesimida kimlar kiritilishi, anketa-so‘rovnomalarini to‘g‘ri va shaffof to‘ldirish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan yordamlarga mahalla “yettiligi” mas’ul ekanliklari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, seminarda ishtirok etgan mahalla xodimlari o‘rganishi mumkin bo‘lgan xujjatlar bilan tanishdilar.