Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepada elektr energiya ta’minoti yanada yaxshilanmoqda

×

 2025-01-09 12:25:26    177

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanida aholini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni yaxshilash maqsadida hududlarda elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilanmoqda.

Jumladan, tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 2024-yil davomida iste’molchilar elektr ta’minotini yaxshilash borasida keng qamrovli ishlar bajarildi.

PQ-259 sonli qarorga asosan “Oqtepa” MFY hududidagi Ezgulik ko‘chasida 130 dona temir beton tayanchlar o‘rnatilib, 6,2 km tarmoq tortildi.1 dona quvvati 250KVA bo‘lgan KTPS rusumli transfomator punkti o‘rnatilib foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari “Qoraqushchi” MFY Hamkor ko‘chasida 48 dona temir beton tayanchlar o‘rnatilib, 1 km tarmoq tortilgan bo‘lsa, “Yangiariq” MFY Yangibog‘ ko‘chasida 95 dona temir beton tayanchlar o‘rnatildi va 2,6 km tarmoq tortildi.1 dona quvvati 160 KVA bo‘lgan KTPS rusumidagi transformator punkti o‘rnatilib foydalanishga topshirildi. “Soybo‘yi” MFY Sardoba ko‘chasiga esa quvvati 250 KVA bo‘lgan KTPS rusumidagi transformator punkti o‘rnatilib foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, elektr energiyasi iste’molini iqtisod qilish borasida yil boshidan 238 ta xonadonlarga quyosh panellari o‘rnatildi.

Qolaversa, 131,3 km elektr uzatish tarmoqlari va 43 dona transformator punktlari mukammal ta’mirlandi.

O‘tgan 2024-yil davomida tumanimizda davlat dasturlari va mahalliy budjet hisobidan elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida jami 65 transformator punkti va 114,9 km elektr uzatish tarmog‘igi qurilib ishga tushirildi. Natijada 7800 dan ortiq aholi xonadonlarida elektr ta’minoti yaxshilandi.