Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun seminar mashg‘uloti o‘tkazildi
2025-01-07 19:08:47 370
Qo‘shtepa tumani IIB binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10-iyundagi “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-89 son Farmoni yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, profiliktika nozirlari, Yo‘l harakati xavfsizligi, kommunal idora va boshqa muassasa mas’ul xodimlari ishtirokida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Unda, Farmon mazmun-mohiyati, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar bo‘yicha bir qator masalalar borasida savol-javob tarzida huquqiy tushuntirishlar berildi. Seminarni jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudining tergov sudyasi D.Axmedov o‘tkazdi.