Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
2024 yil raqamlarda
2025-01-03 14:16:05 643
Qo‘shtepa tumanidagi 17 568 nafar yoshlar huquq tartibot idoralari va mudofaa ishlari bo‘limi xodimlari tomonidan otaliqqa olindi. Otaliqqa olingan yoshlarga biriktirilgan mas’ullar tomonidan yoshlar bilan uyma uy yurish orqali to‘liq uchrashib muammolari aniqlandi hamda yo‘l harita ishlab chiqilib ijroga qaratildi.
Bundan tashqari tumanda davlat ko‘magiga muhtoj og‘ir toifadagi 1195 nafar yoshlar jami 49 ta viloyat va tuman tashkilot rahbarlariga biriktirildi. Rahbarlar o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib muammolarini hal etishdi. Jumladan, muammosi aniqlangan yoshlar soni 744 nafarni tashkil etib, ularning xohishlari bo‘yicha 744 ta turli yordam ko‘rsatilib toifadan chiqarishga erishildi.