Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Mehr daftari”ga kiritilgan qo‘shtepalik yoshlarga ko‘mak ko‘rsatildi
2024-12-26 16:42:29 332
Yurtimizda tegishli hukumat qarori bilan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimi joriy etilgan.
Ushbu yo‘nalishda Qo‘shtepa tumani hokimligi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida xayrli ishlar olib borilmoqda.
Bugun tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda “Mehr daftari”da bo‘lgan 8 nafar yigit-qizga o‘zlari istagan sovg‘alar taqdim etildi.
Yoshlarning xohish-istaklari inobatga olgan holda ularning 1 nafarini 6 oylik o‘quv kursi shartnoma puli to‘lab berildi, 3 nafariga tikuv mashinasi, 4 nafariga noutbuklar topshirildi.
Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi A.Abdullayev ishtirokchilarni yangi yil bayrami bilan tabriklab bunday xayrli ishlar muntazam amalga oshirilib borilishini ta’kidladi.