Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepa tumanida Mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2024-12-24 18:44:11 133
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligining katta majlislar zalida Mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda tuman hokimi A.Abdullayev, mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari, mahallalardagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, kengash a’zolari hamda hamkor idoralar vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son Qaroridan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar hamda Qo‘shtepa tumani “mahalla yettiligi” rahbarlarini 2024 yilda olib borgan ishlari bo‘yicha hisobotlari muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida tuman “mahalla yettiligi” rahbarlarining 2024 yilda olib borgan ishlari bo‘yicha hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, yig‘ilishda so‘z olgan mahalla raislari Prezidentimizning qaror va Farmonlari ijrosi yuzasidan mahallalarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalirini bildirdilar.