Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Qoraqushchi” mahallasida elektr ta’minoti yaxshilandi
2024-12-20 09:07:36 282
Bu yil Qo‘shtepa tumanidagi elektr ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlar “Oqtepa”, “Qoraqushchi” va “Yangiariq” mahallalarida elektr ta’minotini yaxshilanishiga erishildi.
Jumladan, “Qoraqushchi” mahallasi hududida 1,4 km uzunlikda 10-0,4 kV kuchlanishli yangi havo tarmog‘i hamda aholi xonadonlariga esa 0,7 km uzunlikda SIP4 rusumli kabel tarmog‘i tortildi. Shuningdek, 1 dona transformator punkti qurilish-montaj ishlari yakunlanib ishga tushirildi va aholi xonadonlari mazkur yangi tarmoqqa ulandi.