Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Prokurorning yordami bilan dardimga davo topdim” – deydi qo‘shtepalik Alisher Badalov

×

 2024-12-19 13:47:01    280

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanidagi “Quvirboshi” mahallasida yashovchi 2-guruh nogironi Alisher Badalov III-IV darajali koksartrozlar, bo‘g‘imning og‘ir darajadagi funksional yetishmovchiligi (kontrakturalar, ankilozlar) kasalligi bilan og‘rib kelgan.

Keyingi yilda uning moddiy ahvoli og‘irlashgani bois davolanishga imkon topa olmay, kasallik kuchayib ketgan edi.

Farg‘ona viloyati prokurori Baxtiyor Ismoilovning tashabbusi bilan Alisher Badalov darhol shifoxonaga yotqizilib, jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi. Joriy yil 4-6 dekabr kunlari viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining travmatologiya bo‘limi shifokorlari tomonidan sug‘urta asosida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Tuman prokurori, 2-sektor rahbari Axrorjon Xudoyberganov va mas’ullar Alisher Badalovning xonodonida bo‘lib, uning holidan xabar olishdi.

Ayni paytda shifokorlar nazoratida bo‘lgan bemorning ahvoli yaxshi, unga kerakli muolajalar qilinyapti.

- Elparvar Yurtboshimizga, viloyat va tumanimiz prokuroriga, shifokorlarimizga ming rahmat, - deydi Alisher Badalov. – Ularning yordami bilan dardimga davo topdim. Oyoqlarimdagi kuchli og‘riqlar yo‘qolib, o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman. Shifokorlarning aytishicha, tez kunlarda mustaqil ravishda yurarkanman. Bundan behad baxtiyorman.