Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yangi yil bayrami arafasida Qo‘shtepa tumanida “Do‘stlik madaniyat markazi” binosi foydalanishga topshirildi

×

 2024-12-18 16:57:46    146

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanining “Do‘rmon” mahallasi hududida joylashgan “Do‘stlik madaniyat markazi” binosi  1990 yilda qurilgan. 200 o‘rinli muassasa binosi tuman hokimligi tashabbusi bilan namunaviy loyihaga ko‘ra qaytadan ta’mirlanib zamonaviy qiyofaga keltirildi.

Shu munosabat bilan tashkillangan tantanali marosimda sektor rahbarlari, mahalla faollari, sohaga aloqador tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Bu maskan nafaqat “Do‘rmon” mahallasi, balki shu hududdagi 10 ta mahalladagi aholiga xizmat ko‘rsatadi. Markaz 5 turdagi musiqa cholg‘u asboblari bilan ham ta’minlandi.

Shu kungacha maskandagi mavjud 2 ta to‘garaklarda 40 nafarga yaqin qatnashchilar madaniy faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan bo‘lsa, endilikda ularning sonini oshirish imkoniyati ham yaratildi.

Tadbir davomida ramziy lenta qirqilgach, yig‘ilganlar markazda madaniyat xodimlari, musiqa shinavandalari uchun yaratilgan shart-sharoit bilan yaqindan tanishdilar.

Madaniyat markazining tantanali ochilish marosimida Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni qizg‘in tabriklab, mazkur ob’yekt san’at muxlislari va yoshlar uchun munosib tuhfa bo‘lganligini e’tirof etdi. Mazkur muassasa hudud aholisi, jumladan, yoshlar o‘rtasida madaniyat va san’atni keng targ‘ib etish, iste’dodli yigit-qizlarni tarbiyalashga xizmat qilishi ham ta’kidlandi.

Shundan so‘ng tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.