Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

31-umumta’lim maktabining mukammal ta’mirlangan binosi foydalanishga topshirildi

×

 2024-12-18 16:10:16    130

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumani “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 31-umumta’lim maktabining mukammal ta’mirlangan binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda tuman sektor rahbarlari, mahalla faollari, ota-onalar, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tantanada mehmonlar tomonidan lentalar qirqildi. Maktabning ramziy kaliti o‘z egalariga topshirildi. Mehmonlar ta’lim muassasasining yangi binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Anvarjon Abdullayev davlatimiz tomonidan ta’lim tizimini isloh qilish, ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun yangi binolar qurish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samara berayotganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, maktabda qurilish va ta’mirlash ishlarini olib borgan quruvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mukammal ta’mirlangan ushbu ta’lim maskani o‘quvchilar, ularning ota-onalari, ustozlar uchun yangi yil bayramiga o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi. Bu yerda zamon talablari asosida o‘qish va o‘qitish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.

“Paxtakor” mahallasi hududidagi 31-umumta’lim maktabining binosi  keyingi yillarda butunlay eskirgan, bundagi shart-sharoitlar ham talab darajasida emas edi. Tuman hokimligi e’tibori bilan maktab binosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi “2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404 sonli qarori bo‘yicha mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilib, o‘quv binolari mukammal ta’mirlandi. Shuningdek 12x24 sport zali ham qurib bitkazildi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun 3 milliard 94 million so‘m mablag‘ sarflandi.