Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tungi reyd davomida foydasiz yonib turgan chiroqlar va ortiqcha energiya sarfiga olib kelayotgan reklamalar o‘chirildi
2024-12-14 08:36:25 333
Qo‘shtepa tumanida elektr energiyasidan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, Qo‘shtepa TETK hamda tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda navbatdagi tungi reyd tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar davomida aholi o‘rtasida elektr energiyasini tejashning ahamiyati va afzalliklari haqida tushuntirish ishlari olib borilib, elektr energiyasidan oqilona foydalanishning nafaqat iqtisodiy, balki ekologik jihatdan ham muhimligi yuzasidan iste’molchilarga tushuntirish ishlari olib borildi.
Reyd davomida foydasiz yonib turgan chiroqlar va ortiqcha energiya sarfiga olib kelayotgan reklamalar o‘chirildi.