Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Shahartepa”lik xotin-qizlar o‘zini o‘zi ish bilan band qilishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishmoqda
2024-12-11 08:34:48 343
Qo‘shtepa tumanidagi “Shahartepa” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bugungi kundagi o‘zini o‘zi ish bilan band qilishi uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishmoqda.
Jumladan, Azimaxon Olimova xonadonida chevarchilik ustaxonasini ochish istagini bildirib mahalladagi hokim yordamchisi Gʻolibjon Madaminovga murojaat qildi. Hokim yordamchisi esa unga “Xalq banki” tuman bo‘limidan 30 million so‘m imtiyozli kredit olishga ko‘maklashdi.
Bugungi kunda xonadonda tashkil etilgan chevarxonada Azimaxon kelinlari bilan tikayotgan ayollar kiyimlari buyurtmachilarga ma’qul kelmoqda. Yaratib berilgan bu imkoniyat oila byudjetini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda.