Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
2024-11-19 14:15:07 300
Qo‘shtepa tumani sektor rahbarlari aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal etish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida fuqarolar qabulini o‘tkazmoqda.
Navbatdagi fuqarolar qabulida Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev va sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, hokim o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilot hamda muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalarga oid taklif va murojaatlar bildirildi. Shu kuni qabul davomida 30 nafardan ziyod fuqarolar tomonidan bildirilgan turli yo‘nalishdagi masalalar har tomonlama ko‘rib chiqildi.
Muammolarning aksariyatiga qabul chog‘ida ijobiy yechim topildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Qabul yakunida har bir murojaat tahlil qilinib, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.