Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 33 yilligi munosabati bilan Qo‘shtepada bayram tadbiri o‘tkazildi

×

 2024-11-18 12:29:19    356

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 33 yilligi munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida ham keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda.

Shu munosabat bilan tuman hokimligi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan tashkilot va muassasalarning vakillari, faollar hamda yoshlar ishtirokida “Muqaddasdir vatan bayrog‘i” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Dastlab tumanning markaziy ko‘chasida davlatimiz bayrog‘i hilpiragan marafon tashkil etildi. Shundan so‘ng tuman Madaniyat markazining old sahnasida bayramning rasmiy qismi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda tuman hokimi Anvarjon Abdullayev so‘zga chiqib yig‘ilganlarni, qolaversa tumanimiz aholisini bayram bilan muborakbod etdi.

Tadbir davomida sektor rahbarlari tomonidan yaqinda bo‘lib o‘tgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan 20-IDUM 9-sinf o‘quvchisi Dilnura Rohataliyevaga tuman hokimligining “Tashakkurnoma”si va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Shuningdek tadbirda tuman madaniyat bo‘limining iqtidorli san’atkorlari tomonidan vatanimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Bayram shukuhi tumandagi har bir tashkilot, muassasa va mahallalarda davom etmoqda.