Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tuman hokimi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
2024-11-13 16:47:40 263
Bugun Qo‘shtepa tumanida Farg‘ona viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tasdiqlangan media-rejaga asosan, tuman hokimi A.Abdullayev ishtirokida tumandagi yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tuman Madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida sektor tumandagi sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va muassasalar mas’ullari ham ishtirok etdilar.
Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan muloqot davomida 3-sektor hududidagi 15 nafarga yaqin yoshlarning subsidiya olish, o‘qish kontrakt to‘lovlarini to‘lash, imtiyozli kredit olish va boshqa masalalar bilan bog‘liq murojaatlari tinglanib, ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Yoshlar murojaatlarining ba’zilariga shu kuni ijobiy yechim topilgan bo‘lsa, ijrosi yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan masalalar tegishli idoralarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.