Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepa tumanida “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar va mehnat qurollari berildi
2024-11-13 16:28:04 274
Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi A.Abdullayev va sektor rahbarlari ishtirok etdi.
Unda tuman hokimi mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor hamda ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, 9 nafar yoshlarga subsidiya asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar hamda mehnat qurollari topshirildi.