Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
2024-11-13 15:50:51 201
Qo‘shtepa tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabining majlislar zalida jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, shuningdek har jihatdan ibratli xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targ‘ib etish va jamoatchilikka yetkazish maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda nizomga ko‘ra, 35 yoshdan yuqori, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shug‘ullanib kelayotgan ayollar ishtirok etishdi.
Xakamlar hay’ati tomonidan nomzodlarning orasidan yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan, e’tirofli yutuq va marralarni qo‘lga kiritganlar saralanib, munosib nomzodlar viloyat hay’atiga tavsiya etildi.
Tanlov yakunida faol ishtirokchilarga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.