Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayevning tumanni 2025-2029 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi bo‘yicha axboroti
2024-11-12 11:28:01 261
Assalom alaykum hurmatli deputatlar, sessiya qatnashchilari!
Yurtboshimizning sayi xarakatlari bilan mamlakatimiz jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda. Jumladan tumanimizda oxirgi yetti yilda bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Erishilgan yutuqlarni xech kim inkor eta olmasa kerak.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda tadbirkorlik muxitini yaxshilamasdan turib xududni rivojlantirishni imkoni yo‘q. Bugungi kunda tumanimizda 1223 ta tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat olib bormoqda, shundan 271 nafari sanoat korxonalariga to‘g‘ri keladi.
Xududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda 2024 yil yakuni bilan hamda 2025-2029 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi.
Birinchidan,
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizga nazar tashlasak yil yakuni bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi 2,3 trln.so‘mga o‘tgan yilgan nisbatan 107,5 %ga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2,1 trln.so‘mga o‘tgan yilgan nisbatan 104,0 %ga, xizmat ko‘rsatish hajmi 818,6 mlrd.so‘mga o‘tgan yilgan nisbatan 112,5%ga, qurilish ishlari hajmi 525,0 mlrd.so‘mga o‘tgan yilgan nisbatan 137,0 %ga yetishi kutilmoqda.
Sanoat korxonalari sonini 652 taga yetkazib, 250 ta yangi korxonalar tashkil etishni maqsad qilib olganmiz.
Tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratishda tekstil va to‘qimachilik, qurilish materiallari, charm-poyabzal, farmasevtika kabi sanoat tarmoqlarini “drayver” sohalarga aylantiriladi.
“Gʻijduvon” tajribasi asosida Qo‘shtepa tumanidagi 9 ta yirik mahallalarda zarur o‘lchamdagi yer maydonlarini tanlab, 96 ta sanoat markazlarini tashkil qilinib, buning natijasida 920 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Xududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida shakllangan ijobiy amaliyotni barcha joylarda ommalashtirish maqsadida, tumanda “Zarbdor” tajribasi asosida mahallalarda 21 tadan drayver loyihalarini amalga oshirish hisobiga 705 dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rejalashtirganmiz.
Nurafshon MFYda 9,0 gektar maydonda teri va poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonalarida umumiy qiymati 900,0 mlrd so‘mlik, yillik ishlab chiqarish quvvati 334,0 mlrd so‘mga teng 68 ta loyihani amalga oshirish orqali 1100 ta ish o‘rni yaratiladi.
O‘rta va yirik mahallalarda zamonaviy xizmatlarni rivojlantirish loyiha qiymati 983,0 mlrd.so‘mdan yuqori bo‘lgan
385 ta savdo va servis loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantiriladi. Ushbu ob’yektlarni zarur yer maydonlarini va bino-inshootlarni auksion savdolarga chiqarib boriladi.
Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga uzoq muddatli, imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishiga ko‘maklashiladi.
Hokim yordamchilari tomonidan mavjud moliyaviy resurslar doirasida imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish orqali o‘zini o‘zi band qilish davom ettiriladi.
Tumanda 3 ta xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan markaziy ko‘chalarni 24/7 tizimida tashkil etiladi va 460 dan ortiq savdo va servis ob’yektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi.
“Sarmozor” MFY, Yangi O‘zbekiston massividagi yer maydonida joylashgan 7 qavatli zamonaviy ko‘p qavatli turar joy kompleksini 1 qavatida xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 35 ta savdo va maishiy xizmat shaxobchalari tashkil etiladi.
Xalqaro avtomobil yo‘llari bo‘yida yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish uchun 180 ta savdo va servis shaxobchalarini tashkil etiladi.
“Solijonobod” MFY hududidan o‘tuvchi Toshkent-O‘sh xalqaro A-373 avtomagistral yo‘l bo‘yidagi 5.40 gektar yer maydonida qiymati 185 mlr.so‘m bo‘lgan 21 loyixani amalga oshirish orqari xizmatlar sohasi rivojlantiriladi.
Ikkinchidan, Axoli bandligini amalga oshirish bo‘yicha.
Tumanni ishsizlikdan holi hududga aylantirish maqsadida yangi ish o‘rinlari yaratish orqali 2025-2029 yillarda 89,4 ming nafardan ortiq aholini doimiy va mavsumiy ishlarda bandligini ta’minlanadi.
Bunda; Mahallalar kesimida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish orqali yiliga 6,5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etiladi.
Aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish uchun korxonalarda qulay shart - sharoitlar yaratish orqali ishsiz aholini 7,3 ming nafarni ishga joylashtirishga ko‘maklashiladi.
Tumandagi ish bilan band bo‘lmagan 3,6 ming nafar aholini ayniqsa, ayollar va yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitiladi.
Kambag‘al oilalar muammolarini hal etish orqali tumanda kambag‘allik darajasini kamaytiriladi.
Oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Individual dasturlar” doirasida kambag‘allik darajasini 10,5 foizdan 2,5 foizga kamaytiriladi.
51 ta mahallalarning har biridan 5 tadan kambag‘al oilalarni tanlab olingan 307 ta oilaga 62 ta viloyat boshqarmalari va tumandan rahbar-xodimlarni biriktirish va har bir oila bo‘yicha “kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual reja” ishlab chiqilib, bajarilishini ta’minlanadi.
Tuman bo‘yicha tanlab olingan 5 ta og‘ir mahallalarni (Namuna, Kichik beshkapa, Loyson, Mumtoz, Qorajiyda) ko‘p yillardan beri yechilmay kelayotgan muammolarini bartaraf etish, infratuzilmasini yaxshilash maqsadiga davlat byudjetidan 16,0 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
Chet davlatlarda mexnat faoliyati bilan shug‘ulanayotgan 6598 nafar migrantlarni O‘zbekistonga qaytarish, qaytib kelgan 4209 nafar migrantlarni serdaromadli ish o‘rinlariga joylash, kasb-xunarga, chet tillariga o‘qitish va ularni yuqori daromadli qilish chorasi ko‘riladi.
Uchinchidan,
Yil boshida 2024 yilga qiymati 701,2 mlrd.so‘mlik 705 ta makro va mikro loyihalarni amalga oshirish natijasida 5004 ta ish o‘rnini yaratishni oldimizga maqsad qilib olgandik. Tadbirkorlar hamda xokim yordamchilari bilan tizimli ish tashkil etish natijasida bugungi kunga kelib 585 ta loyiha ishga tushirildi. Natijada 3846 nafar doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratildi.
2029-2029 yillarda qiymati 3,2 trln.so‘mlik 3250 ta makro va mikro loyihalarni amalga oshirishni hamda 21 ming nafar ish o‘rinlari yaratishni uzoq muddatli dasturimizda belgilab oldik.
To‘rtinchidan, Investisiya loyixalarini amalga oshirish bo‘yicha.
Investisiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirish va industrial siyosat olib borilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan Investisiya dasturini ijrosini ta’minlash. Bunda 2025-2029 yillarda asosiy kapitalga investisiyalar 600,0 mln dollarga (9 barobar), shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kreditlar 300,0 mln dollarga yetkazish bo‘yicha o‘zimizga katta marra olganmiz.
Eksportni amalga oshirish bo‘yicha.
2024 yilda Qo‘shtepa tumanida eksport xajmini 102,1 mln. dollarga (o‘sish 116,3%) yetkazish shu jumladan, sanoat eksporti xajmini 93,6 mln dollarga hamda qishloq xo‘jaligi eksporti xajmini 8,5 mln dollarga yetkazish.
2029 yilga borib tumanning eksport salohiyati 329,4 mln. dollarga 2024 yilga nisbatan 3,5 o‘sish hamda 21 ta eksportyordan 45 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Turizm xizmatlarini rivojlantirish orqali sayyohlar sonini 30 ming nafarga shundan, mahalliy sayyohlar 28,8 ming. nafar xorijiy sayyohlar sonini 150 nafar, Turizm xizmatlari eksportini 3 mln.dollarga yetkazish rejalashtirilgan. 2025 yil sport turizmini rivojlantirish orqali Do‘stlik massivida Parashutdan sakrash sport turini tashkil etgan holda ekstrimal sport turini rivojlantirishni maqsad qilganmiz.
Beshinchidan, Qishloq xo‘jaligi sohasini bo‘yicha
Tumanda joriy yilning yakuniga ko‘ra qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 2,1 trln. so‘mni yoki 2023 yilning mos davriga nisbatan 104,0 %ni tashkil qilishi kutilmoqda.
Joriy yilda 7 ming 800 gektar maydonda boshoqli don ekilib 69,9 ming tonna don hirmoni ko‘tarildi. O‘sish surati 112 % yetdi, g‘osildorlik 4,6 syentnerga oshdi.
147 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 6 ming 890 gektar maydonga chigit qadalib, mashaqqatli mexnatlari natijasida 22 400 tonna paxta xomashyosi qabul qilish maskanlariga yetkazib berildi. Bugungi kunda paxta dalalarida hosilni yig‘ib terib olish ishlari davom etmoqda.
2022-2024 yillar davomida aholi daromadini oshirish, bandligini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi maxsulotlari xajmini ko‘paytirish maqsadida 1617 gektar yer maydoni 8377 nafar fuqarolarga auksion savdolari orqadi ajratib berildi. Natijada ijtimoiy daftarlar ro‘yxatida turuvchi 3133 nafar, Shundan:
Ayollar daftarida 560 nafar
Yoshlar daftarida 1997 nafar
Temir daftarda 28 nafar va 548 nafar xorijda ishlovchi mirgantlarning bandligi ta’minlanishiga erishildi.
Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yer maydonlarida asosiy ekin sifatida kartoshka, poliz, sabzavot va dukkakli ekinlar ekilib qariyib 32,0 ming tonnadan ortiq maxsulot yetishtirishga erishildi.
Kooperatsiya asosida tadbirkorlarni jalb etgan holda bir kontur bir maxsulot tamoyili asosida to‘qsonbosti ekinlar ekish ishlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 11-12 iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida viloyatda bog‘dorchilik tarmog‘ini yanada kelgaytirish, meva yetishtirish hajmini oshirish va aholi daromadini ko‘paytirish maqsadida tumanida 1000 gektar maydonda yuqori hosildor bodom, shaftoli, o‘rik va olxo‘ri bog‘larini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, 1000 gektar yer maydonlari konturma-kontur xatlovlan o‘tkazib, nomma nom ro‘yxati shakillantirilmoqda. Dastlabki loyihalar ishlab chiqilmoqda. Buning natijasida 2 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.
Tumanda 2025-2029 yillarda jami 330 gektar yer maydonlarini o‘zlashtirish va qayta foydalanishga kiritish orqali 12 ta loyihalarni amalga oshirish. Jumladan: 2027 yilda 80 gektar, 2029 yilda 250 gektar.
Tuman bo‘yicha 22 km uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlarini va 84 ta kuzatuv quduqlarini rekonstruksiya qilish.
Suvdan samarali foydalanish maqsadida 12,7 km sug‘orish tarmoqlari, 165 dona gidrotexnik inshoot va 3 dona tik sug‘orish quduqlarini qurish va rekonstruksiya qilish.
Tumandagi 4200 gektar maydonga suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini tadbiq etish.
Irrigatsiya obyektlarida 12,7 km sug‘orish tarmoqlari, 17 km kanal dambalari, 2 dona nasos stansiya va 15 dona gidrotexnik inshoot qurish va rekonstruksiya qilish.
Melioratsiya ob’yektlarida 26 km kollektor-drenaj tarmog‘ini rekonstruksiya qilish va 4 dona kuzatuv quduqlarini ta’mirlash-tiklash.
Oltinchidan, Qurilish soxasini rivojlantirish bo‘yicha.
Kelgusi 5 yilda tuman aholisini uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 1292 ta xonadonli 26 ta ko‘p qavatli uy-joylar barpo etiladi.
Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 5 ta yangi suv inshoot qurish va 5 ta mavjud suv inshootini ta’mirlanib, 80 km ichimlik suvi va 20 km oqava suv tarmog‘larini yangitdan quriladi.
2025-2027-yillarda 82 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yullarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash hamda 5 ta avtomobil yo‘lidagi ko‘priklarni rekonstruksiya qilinadi.
Elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 54,6 km elektr tarmoqlari va 26 ta transformator punktlar yangi qurish va rekonstuksiya qilish ishlarini amalga oshiriladi.
Gaz ta’minotini tuman bo‘yicha 2,8 km yuqori bosimli yer osti (diametri 273 mmli) gaz quvurini mukammal ta’mirlanib, 5 dona yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmalarini ta’mirlanib, 850 ta xonadonning gaz yetkazib berish tizimini 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga o‘tkazilib 15,5 km gaz tarmoqlarini estetik jihatdan tartibga keltiriladi.
Jamoat transporti jozibadorligini oshirish maqsadida banklar va tadbirkorlar mablag‘lari hisobidan jami 42 ta mikroavtobuslar xarid qilinib, 2 ta logistika va yuk tashish markazlari quriladi. 4 ta yangi yo‘nalish ochiladi, 1 ta avtostansiya quriladi.
Qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash amalga oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha 5 ta maxsus texnikalar xarid qilinadi hamda 53 ta chiqindi konteynerlari o‘rnatiladi.
“Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida har yili 1 mln. tup manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini hamda qalamchalarini ekiladi.
Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish tarmoqlarini 1024 portga kengaytirib, tuman bo‘yicha 200 km Optik-tolali aloqa liniyalarini quriladi hamda 6 ta baza stansiyalarini o‘rnatish hisobiga mobil aloqa tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiriladi.
Yettinchidan,
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘yicha.
Tumanda jami 3-7 yoshlilar 18183 nafarni tashkil etib maktabgacha ta’lim bilan qamrov 15159 nafarni (83,4%)tashkil qiladi. Yil yakuni bilan qamrov darajasini 85% ga olib chiqish reja qilib olingan. Misol uchun birgina investisiya dasturi asosida 20-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga yangi oshxona binosi hamda mavjud binosini ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda. 30-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolajonlar uchun 150 o‘rinli yangi zamonaviy bino qurib bitkazilmoqda.
Tumanda 2025-2029 yilda jami 1540 o‘rinli 6 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, 4 ta DXSH va 34 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotilari tashkil etilishi hisobiga qamrov ko‘rsatkichlarini 90 foizga oshiriladi.
Bundan tashqari, 2025-2029-yillar davomida 13 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Xalq ta’limi sohasida tumanimizda joriy yilda 8, 13, 20, 22, 28, 40, 45-umumta’lim muassasalari shu yil "Tashabbusli byudjet" loyixasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ushbu ta’lim muassasalariga 8 milliard 546 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, hozirgi kunda jihozlash hamda qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Investisiya dasturi asosida 22, 23, 31-maktabda zamonaviy sport zal binosi qurilishi hamda mavjud binolarni ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
Umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilar orasida oliy toifali o‘qituvchilar ulushini 2025-2029 yillarda 7,7 foiz ( 215 nafar)dan 19,3 foiz (535 nafar)ga, birinchi toifali o‘qituvchilar ulushini 15,2 foiz (422 nafar)dan 20 foiz (553 nafar)ga, ikkinchi toifali o‘qituvchilar ulushini 20,3 foiz (563 nafar)dan 25 foiz (691 nafar)ga yetkazish.
Joriy yilda umumta’lim maktablarini 2386 nafar bitiruvchilar tamomlab, Nodavlat va Davlat Oliy ta’lim muassasalariga 802 nafar (34%) o‘quvchilar ta’limni keyingi bosqichi bilan qamrab olindi.
2025-2029 yillarda Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50% ga olib chiqiladi.
Shuningdek, 49 ta umumta’lim maktablarida
1851 ta fan va sport to‘garaklar faoliyati tashkil qilindi. Bu to‘garaklarda jami o‘quvchilar soni 25911 nafarni tashkil etadi.
2025-2029 yillarda to‘garaklar sonini 2500 taga yetkazib jami o‘quvchilarni 100% qamrab olinadi.
Bugungi kunda tumanda 3 ta professional ta’lim muassasasi faoliyat olib boradi. Ushbu muassasalar orqali yoshlarga kasb-hunar berishni dual ta’lim tizimidan samarali foydalanish hisobiga taxsil olayotkan 60 nafar mutaxassislarni 400 nafarga yetkaziladi.
Sog‘liqni saqlash soxasini rivojlantirish
Tumanda 3 ta shifoxona, 1 ta Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 5 ta Oilaviy poliklinika hamda 11 ta Oilaviy shifokorlik punkti orqali jami 209115 nafar aholiga 2146 nafar tibbiyot xodimlari shundan, 204 nafari malakali shifokorlar xizmat qiladilar.
Joriy yilda tuman tug‘ruq bo‘limiga 3 mlrd 611 mln so‘m byudjet mablag‘lari hisobiga 30 o‘rinli qo‘shimcha bino qurib bitkazildi. Bundan tashqari, 86-Oilaviy poliklinikada ochiq byudjet loyihasi orqali 1mlr 260 mln so‘m mablag‘ hisobiga yangi bino qurib foydalanishga topshirildi.
2025-2029 yillar davomida 5 ta tibbiyot muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash orqali aholiga tibbiy xizmat sifatini oshiriladi.
Bugungi kunda 24 ta Oilaviy shifokorlarga hamda 12 nafar tor doiradagi mutaxassis kadrlarga extiyoj mavjud.
2025-2027 yillar davomida Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hisobidan 24 nafar Oilaviy shifokorlarga bo‘lgan extiyojni qondiriladi. 12 nafar tor doiradagi mutaxassis kadrlarga bo‘lgan extiyojni hozirda taxsil olayotkan, 2025-2026 yillarda tamomlaydigan yangi bitiruvchilar hisobidan qondiriladi.
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish
Tumanda aholining 30 foizi jismoniy-tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari orqali qamrab olingan. Ushbu qamrovni yil yakuniga qadar 32 foizga oshiriladi.
2025-2029 yillar davomida mahallalar va ta’lim muassasalarida sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari qamrovini 25 ming nafardan 53 ming nafarga yetkazish. Bunda:
mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida;
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida;
oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish.
Aholining yosh toifalari bo‘yicha barcha hududlarida har yili jismoniy tayyorgarlik sinovlarini o‘tkazish.
Aholini sport sinovlaridan o‘tkazish ishlarini 10 ming nafardan 15 ming nafargacha qamrab olish.
Sport bilan shug‘ullanishga jalb qilingan aholi ulushini oshirish.
Aholini sport turlariga jalb qilish orqali jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini 30 foizdan 40 foizga yetkazish.
Bunda:
Mahallalarda aholining ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari uchun moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Sport inshootlarini zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlash.
Mahallalarda 22 ta sport maydonchalarini barpo etish.
Bunda:
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan mahallalar ro‘yxatini shakllantirish hamda qurish ishlarini boshlash;
olis va chekka hududdagi mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan sport maydonchalarini bosqichma-bosqich barpo etish hamda bu orqali aholining sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini yanada kengaytiriladi.
Mahalla tizimi faoliyatini rivojlantirish
O‘z binosiga ega bo‘lmagan 1 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun DXSH asosida yangi bino qurish, 5 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari binosini kapital ta’mirlash, 51 ta mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlarini yangi kompyuter jamlanmasi bilan ta’minlash.
Tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan mahalla binolarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish va o‘rnatishga ko‘maklashish orqali tumandagi mavjud 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarini doimiy elektrga bo‘lgan talabni qondirishga erishish.
Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish
Tumanda 14-30 yosh dagilar – 53 ming 576 nafar bo‘lib, shundan 25 ming 837 nafari xotin-qizlarni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 05 aprel kungi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 153 sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida 355,4 gektar ekin maydoni tuman hokimligi tomonidan ajratilgan bo‘lib shu kunga qadar 1351 nafar yoshlarga ekin maydoni yopiq auksion orqali 30 yil muddatga ijara asosida ajratib berilib yoshlarni bandligi ta’minlandi. Shundan “Otaliqqa” olingan yer olish istagini bildirgan 317 nafar yoshlarga jami 79,3 gektar ekin yer maydoni ajratildi.
2025-2029 yillarda yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ni tashkil etishni samarali yo‘lga qo‘yish orqali jami 50 ming nafar yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etiladi.
“Yoshlar daftari” kiritilgan yoshlar muammolarini hal etish, ularni bandligini ta’minlash va kasb-hunarga o‘qitish ishlarini tashkil etish orqali Yoshlar jamg‘armalari orqali 2 mlrd. so‘m miqdorida kamida 2,5 ming nafar yoshlarga turli yo‘nalishlarda ijtimoiy yordamlar ko‘rsatiladi.
Tumanda shaxmatni ommalashtirish hamda yoshlarni intelektual saloxiyatini yuksaltirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.
Germaniyada ishlash istagidagi yoshlarga nemis tilini o‘rgatish va xizmat ko‘rsatish (qurilish, AyTi, turizm va boshqa) sohalarida malakalarini oshirish orqali “Germaniyada kasbiy ta’lim” (Ausbildung) loyihasini amalga oshirish va yoshlarni tartibli mehnat migratsiyasiga yuborishni tashkil etish.
Bunda, Germaniya Federativ Respublikasi bilan hamkorlikda viloyatdagi monomarkazida Germaniya Federativ Respublikasi profesor va o‘qituvchilarini jalb qilgan holda yoshlarni til va kasb-xunarga o‘rgatish hamda 2025-2029 yillar davomida 550 nafar yoshlarni Germaniyada ishlashga yuboriladi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish
Joriy yilda, ijtimoiy himoyaga muxtoj shaxslarning 349 nafariga protez ortopediya va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlandi.
Ushbu ko‘rsatkichni 2025-2026 yillar davomida 560 taga ta’minlanadi.
Jumladan, 2025 yilda 275 nafar, 2026 yilda 285 nafar shaxslar maxsulotlar bilan ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazlari tomonidan pullik xizmat ko‘rsatish turlarini 62 tadan 122 taga yetkazish
Madaniy gumanitar sohada
Madaniyat sohasida investisiya va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish hamda 1 ta madaniyat markazlarni yangi zamonaviy ko‘rinishga aylantirish maqsadida tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilish.
Davlat buyurtmasi asosida davlat teatrlarida yangi spektakllarni sahnalashtirish va namoyish etiladigan spektakllarga 5 ming nafar tomoshabinni jalb qilish.
Sakkizinchidan, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha.
Gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Jumladan, Qo‘shtepa tumanida deputatlarning 17% ni xotin-qizlar tashkil etadi.
Tumanda yil sayin rahbar ayollar soni ortib bormoqda, Maktabgacha va maktab ta’lim tizimida 91 nafar, Tibbiyot sohasida 28 nafar, xususiy sektorlarda va boshqa sohalarda 70 dan ortiq rahbar ayollar faoliyat ko‘rsatmoqda.
So‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijasida O‘zbekiston Respublikasida jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish masalalari bo‘yicha mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. 2024 yilning o‘tgan 9 oyi natijalariga ko‘ra, 118 nafar xotin-qizlarga “Himoya orderi” berildi.
“Ayollar daftari” 5-bosqichiga kiritilgan 6485 nafar xotin-qizlarni barchasiga asosiy va qo‘shimcha yordamlar ko‘rsatiladi.
2024 yil yakuniga qadar 3895 nafar ishsiz xotin-qizlarni kasb-xunar va tadbirkorlikka o‘qitish, subsidiya ajratish, doimiy va yangi ish o‘rinlariga joylashtirish orqali bandligi ta’minlanadi.
Joriy yilning xisobot davrida 2023 yilning shu davriga nisbatan oilaviy ajrimlarni 55 taga (178/123) kamaytirishga erishildi. Yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni yaxshilash choralari ko‘riladi.
2025-2029 yillarda 15 000 nafar ish bilan band bo‘lmagan, ishlash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni 4 000 nafardan ortiq xotin-qizlarni kasb-xunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitiladi. 1 500 nafardan ortiq xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash, yo‘lga qo‘yish uchun mehnat qurollari subsidiya asosida ajratiladi, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan imtiyozli bank kreditlari ajratish hisobiga 500 nafar, qolgan 9 000 nafar xotin-qizlarni iqtisodiyotning turli tarmoqlariga doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirish orqali bandligi ta’minlanadi.
Mahallalarda, oilalarda ijtimoiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlarga milliy an’analar va qadriyatlarni singdirish orqali oilaviy ajrimlarni kamaytirish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, jamiyatimizda qonun ustuvor ekanligini yoshlarga targ‘ibot qilish ishlarni tizimli tashkil qilish orqali tumanda xotin-qizlar jinoyatchiligini kamaytirishga erishiladi.