Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ayollarga subsidiya asosida berilayotgan jihozlar ularga daromad manbai yaratish uchun xizmat qilayotir
2024-11-08 17:00:40 568
Qo‘shtepa tumanida xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeyini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun sharoit yaratish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tumandagi 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan 6485 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga kiritilgan bo‘lib, joriy yilda ularning barchasiga asosiy va qo‘shimcha yordamlar ko‘rsatildi.
Jumladan, 257 nafar xotin-qizlarga sektor rahbarlari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollarining tashabbuslari bilan “Aholi tadbirkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi” va “Ayollar daftari” jamg‘armalari hisobidan 952.7 mln so‘mlik subsidiyalar ajratilib, ularning bandligi ta’minlandi.
Xotin-qizlarimizning 29 nafariga 180.2 mln so‘mlik motokultivator, 208 nafariga 727.9 mln so‘mlik tikuv mashinalari, 17 nafariga 35.5 mln so‘mlik pishiriq pechlari, 2 nafariga 10.0 mln so‘mlik notbuk kompyuter, 1 nafariga 1.0 mln so‘mlik asboblar to‘plami berildi.
Darhaqiqat, ayollarga subsidiya asosida berilayotgan jihozlar ularga daromad manbai yaratish uchun xizmat qilayotir.