Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Rayosati a’zolariningfermerlarga MUROJAATI

×

 2024-10-30 16:53:06    411

PDF yuklash
Chop etish


KUZNING HAR BIR KUNI IMKONIYAT, BU IMKONIYATDAN UNUMLI FOYDALANIB DAROMADNI KO‘PAYTIRING

Hurmatli fermerlar!

Tabiat qiyinchiliklariga qaramasdan, fermer va dehqonlarimiz 1 million gektardan ortiq maydonda chigit qadab, mashaqqatli mehnatlar evaziga mo‘l hosil yetishtirdi.

Barchamiz yaxshi tushunamizki, shu kunlarda kuzatilayotganiqlim o‘zgarishlari, bahorni seryog‘in va salqinligi, kuzda havo haroratini keskin tushib ketishi kabi  ko‘plab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, qishloq xo‘jaligi ekinlari, xususan paxtadan mo‘l hosil yetishtirish – chinakam jasorat va matonat namunasidir.

Xalqimiz Sizdek mirishkor dehqon va fermerlar, mohir suvchi

va irrigatorlar, o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan mexanizator

va agronomlar, jonkuyar olim va tadqiqotchilar, klaster xodimlari timsolida ana shunday fidoyi insonlarni ko‘radi va el-yurt dasturxonini to‘kin qilish yo‘lidagi sharafli va olijanob mehnatingizni yuksak qadrlaydi.

Azizfermerlar!

Qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar samarasida Sizlarga qator imtiyozlar berildi, moddiy manfaatdorligingizni oshirish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.

Prezidentimizning2023 yil 12 dekabrda qabul qilingan PF-205-sonli “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, fermer xo‘jaliklar va klasterlar o‘rtasida paxta xom ashyosini yetkazib berish bo‘yicha fьyuchers shartnomalari birja savdolariorqali tuziladigan bo‘ldi.

2024 yildan amal qilishni boshlagan ana shunday fьyuchers shartnomasiga ko‘ra, yetkazib berilishi lozim bo‘lgan hajmdan ortiqcha yetishtirilgan, jumladan klaster bilan fьyuchers shartnomasi tuzmagan holda, o‘z mablag‘lari va tijorat kreditlari hisobiga yetishtirilgan paxta xom ashyosini yetishtiruvchilarbirja orqali tadbirkorlik sub’yektlariga sotadi yoki (va) qayta ishlashga ruxsat berildi.

Fьyuchers shartnomasida ko‘rsatilgan miqdordan ortiqcha yetishtirgan paxta xom ashyosini fьyuchers shartnomasi tuzgan klasterga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishingiz, qayta ishlashdan olingan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlar (chigit, lint va o‘lik paxta)ni birja orqali xaridorga yetkazib berish imkoniyati yaratilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22 iyulda qabul qilingan “Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni  esa agrar tarmoqda faoliyat yuritayotganlar uchun yangi davrni boshlab berdi. Unga ko‘ra, fermerlarga yetishtirgan paxta hosilini klasterlar hamda paxta xom ashyosini qayta ishlash va ip kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalariga sotishgaruxsat berildi.

Endi yurtimizning barcha hududlarida paxtachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari ixtiyoriy kooperatsiyalar tashkil etish mumkin. Shuningdek, qarzdor bo‘lgan fermer xo‘jaliklari va klasterlar o‘rtasida tuziladigan solishtirish dalolatnomalari hamda sud qarorlari asosida undirilgan mablag‘lar klasterlarning Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi oldidagi qarzdorligini qoplashga yo‘naltirish vazifasi belgilandi.

Qadrli fermerlar!

Ayni kunlarda siz yetishtirgan va yig‘ib-terib olayotgan paxta hosili hisobidan paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan o‘zaro qarzdorliklar bo‘yicha solishtirma dalolatnoma rasmiyshlashtirib, klasterning fermer oldidagi, jumladan fermerning klaster oldidagi mavjud qarzdorliklarini bartaraf etish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Qo‘shtepa tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bu borada sizning manfaatingizni himoya qilish,haqdorligingizni undirish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘radi.

Shu bilan birga,paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ib-terib, olingan mo‘l hosil hisobidan fermer xo‘jaliklarining klasterlar oldidagi qarzdorligini so‘ndirishingizham o‘zaro munosabatlarda ijobiy ta’sir ko‘rsatishini yana bir bor ta’kidlaymiz.