Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

100 yosh bilan yuzlashgan piru badavlat onaxonning holidan xabar olindi

×

 2024-10-29 15:14:02    372

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda Qo‘shtepa tumanida yuz bilan yuzlashgan nuroniylar umrguzaronlik qilib kelmoqda. Ana shunday onaxonlardan biri 1924 yilda tug‘ilgan Tursunoy aya Halilovadir.

Tursunoy aya tumanimizning “Qorakaltak” mahallasida eng fayzli va namunali xonadonlarning birida yashab, farzandlari, ko‘plab nevara-yu chevaralarining ardog‘ida hamda e’zozida umirguzaronlik qilmoqda. Darhaqiqat yuz bilan yuzlashgan onaxon uzoq umr ko‘rish sababini doim harakatda bo‘lish, halol mehnat qilish va  yaxshilikka intilishda deb biladi.

Tursunoy ayaning umri mehnatda o‘tdi. Onaxon bilan dildan suhbat qursangiz, hayot yo‘llaridagi qiziq voqealar, pandu nasihatlarini tinglaysiz.

Bugun “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat va tuman bo‘limining mas’ullari moʻtabar onaxonning xonadonida bo‘lib, duosini olishdi. 

Mehmonlar Tursunoy ayaning suhbatidan bahramand bo‘lishib,  onaxonning uzoq yillik xizmatlarini e’tirof etishdi. Umrlari yanada uzoq, sog‘liklari esa mustahkam bo‘lishini tilab, onaxonga bugungi kunda ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan nogironlik aravachasini topshirishdi.

Yo‘qlovdan mamnun bo‘lgan tabarruk onaxon ham o‘z navbatida yurtga tinchlik, elga omonlik so‘rab duoga qo‘l ochdi.