Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Migratsiyadan qaytgan fuqaroning bandligi ta’minlandi

×

 2024-10-24 10:01:47    434

PDF yuklash
Chop etish


Xorijda ishlab yurgan Xamidullo O‘rmonov yaqinda Qo‘shtepa tumaniga, oilasi bag‘riga qaytib keldi. “Shahartepa” mahallasida istiqomat qiluvchi Xamidullo O‘rmonovning ishsizligini bilgan mahalla hokim yordamchisi Gʻolibjon Madaminov unga imtiyozli kredit olib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishni tavsiya etdi.

Hokim yordamchisining taklifi Xamidullo O‘rmonovga ham maqul bo‘ldi. O‘ylab qarasa qishloq sharoitida motorollyori bor odam ham bemalol daromad qilsa bo‘lar ekan. Shuning uchun  Xamidullo O‘rmonovga hokim yordamchisining  tavsiyasiga ko‘ra motorollyor sotib olish uchun imtiyozli kredit ajratildi.

Hozirda uning bandligi ta’minlanib, mahalladoshlariga xizmati ko‘rsatish ortidan daromad topayotganligi quvonarli.