Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining navbatdagi yetmish beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2024-10-23 15:47:35 314
Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida o‘tkazilgan navbatdagi sessiya ishida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibiga ko‘ra, tuman sektor rahbarlarining hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Yunusov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Z.Xomidov, Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i I.Akbarov, tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva, shuningdek, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari D.Burxonovlarning axborot va hisobotlari tinglandi.
Sessiya davomida ko‘rilgan masalalar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida xalq deputatlari tuman kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.