Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“ZAKOVAT” INTELEKTUAL O'YINI O'TKAZILDI

×

 2024-10-17 16:42:47    100

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo‘shtepa tumanida  o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sananing 35 yillik bayrami munosabati bilan “Qadring balanf bo'lsin, ona tilim!” shiori ostida Prezident ta’lim muassalari agentligi tasarrufidagi Qo‘shtepa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi  va 15-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intelektual o‘yini o'tkazildi.

Jamoalarning hozirjavobligi, izlanuvchanligi ularning yuksak salohiyatlaridan darakdir. Biroq, har bir kurash o‘zining g‘olib va mag‘lubiga ega. Qizg‘in kechgan o‘yinning yakuniy natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni 15-umumtalim maktabining "Kosmos" jamoasi, 2-o‘rinni Qo‘shtepa tumani ixtisoslashtirilgan maktabining "Xamsa" jamoasi egalladi.

G'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasining maxsus diplomi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.