Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ilg‘or terimchilar rag‘batlantirilmoqda

×

 2024-10-15 08:39:20    156

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanida ayni vaqtda dalalarda ish qizg‘in. Terimchilar bor hosilni so‘nggi misqoligacha yig‘ib olishga astoydil bel bog‘lashgan. Terim suratini oshirishda, terimchilarga kuch-g‘ayrat bag‘ishlashda, ayniqsa, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlarning tashkil etilayotgani qo‘l kelayotir.

Jumladan, tuman sektor rahbarlari “Baxt Paxtakor Garmdon” MMTP hududida joylashgan “Nisbatillo Maxkamov” fermer xo‘jaligida bo‘lishib paxta dalalarida terimchilar bilan uchrashishdi. Terimchilar uchun yaratilgan sharoitlar, terilgan paxta uchun haq to‘lash holati bilan tanishdilar.

Terimchilarga kuch-g‘ayrat tilab, paxtani nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olishda jonbozlik ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaligi ishchilariga hamda terimchilarga tashakkur bildirildi. Ilg‘or terimchilarga esa esdalik sovg‘alari topshirildi.