Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepa tumani adliya bo‘limi tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
2024-10-10 08:08:49 205
Qo‘shtepa tumani adliya bo‘limiga hududdagi 1885 nafar yoshlar biriktirilgan. Bugunda ular bilan bevosita manzilli ishlar olib borilmoqda. Har bir yosh adliya e’tiborida, maqsadlariga etish uchun yaqindan ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Ayniqsa yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada oshirish, sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday targ‘ibot tadbirlaridan biri Qo‘shtepa tumani adliya bo‘limi tomonidan “Yangiariq” MFY hududida joylashgan 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbirida MFYga biriktirilgan mas’ul xodimlar tomonidan yoshlarga qonunchilikda berilgan imtiyozlar, Konstitutsiyada belgilangan huquq va burchlar haqida tushunchalar berildi.