Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ko‘ngilli nuroniylar paxta dalalarida

×

 2024-10-09 12:42:49    136

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimiz paxta dalalarida shu kecha-kunduzda yig‘im-terim avj pallasiga kirdi. Tumandagi barcha paxtakor fermer xo‘jaliklari dalasida terim uyushqoqlik bilan olib borilayapti. Oppoq paxta xirmonlari kun sayin osmonga bo‘y cho‘zayapti. Qo‘shtepaliklar ham bir yoqadan bosh chiqarib, g‘alaba marrasi sari dadil intilmoqdalar.

Bugun, “Shakar” mahallasida istiqomat qiluvchi yoshi ulug‘ onaxonlardan iborat ko‘ngilli hasharchilar qalb amri bilan paxtakor fermerlarga yig‘im-terimda qo‘l-qanot bo‘lish uchun dalaga chiqishdi.

Ular tong sahardan “Chavandoz Solijon” fermer xo‘jaligining paxta maydonlarida 100 kilogrammdan orttirib  paxta terish uchun beliga oq etakni bog‘lashdi.