Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tadbirkor eksportbop, yuqori sifatli mahsulot tayyorlashni yo‘lga qo‘ydi
2024-10-09 08:47:04 85
Qo‘shtepa tumanining “Eshonguzar” mahallasida yashovchi tadbirkor Xojiakbar Murodov tomonidan loyiha qiymati 300 mln so‘mni tashkil etadigan loyiha yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyiha Turkiya hamda Xitoy texnologiyasi asosida o‘zimizda yetishtirilgan turli meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlashga ixtisoslashgan.
Bu yerda zamonaviy texnologiyalar asosida tabiiy xususiyatlari saqlab qolingan meva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlanib, bejirim va turli o‘lchamlarda qadoqlanadi.
– Zaminimiz oftobiga to‘yingan, unumdor va bahavo hududlarda pishib yetilgan sarxil noz-ne’matlar g‘oyat mazali va foydali darmondorilarga boydir. Shu bois bunday mahsulotlarni yurtdoshlarimiz ham, xorijliklar ham birdek sevib iste’mol qiladi. Shunga muvofiq, . “Far furukto” MCHJ tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, quritish va qadoqlashni yo‘lga qo‘ydik. Loyiha doirasida mahsulotlarni xorijga eksport qilish va 20 nafar ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlashni rejalashtirganmiz, – dedi tadbirkor Xojiakbar Murodov.