Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

16 sotix tomorqadan 50 million so‘m daromad

×

 2024-10-08 10:54:59    177

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda kichik tomorqadan har mavsumda katta daromad olayotganlar juda ko‘p. Jumladan, Qo‘shtepa tumanining Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Arabboy Ma’mirov ham ana shunday uddaburon dehqonlardan.

Arabboy Ma’mirov tomorqadan samarali foydalanish orqali, oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. U bu yil 16 sotix yer maydoniga 5500 tup afsonaviy xrizantema (globus) navli gul ko‘chatlarini ekdi. Astoydil qilingan mehnat esa o‘z samarasini berib, tomorqaga ekilgan gullar alvon rangda ochildi.

Mirishkor dehqon Arabboy Ma’mirov ayni kunlarda yetishtirilgan gullarni donasini 8 ming so‘mdan 10 ming so‘mgacha sotmoqda. Bu yil 50-60 million so‘m daromad olishni ko‘zlagan. Kelgusi yildagi reja esa gul yetishtiriladigan maydonni yanada kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishdir.