Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 208 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepada paxta terish jarayoni jadal suratlarda olib borilmoqda

×

 2024-10-07 13:00:27    178

PDF yuklash
Chop etish


Bu yil Qo‘shtepa tumanida jami 6 ming 790 gektar yerda g‘o‘za parvarishlandi. Tumanda bevosita paxtachilikka ixtisoslashgan 147 ta fermer xo‘jaligi bilan mavsum oldidan tuzilgan davlat shartnoma rejalariga muvofiq agrotexnik tadbirlar talab darajasida olib borildi. Mutaxassislar mo‘ljaliga binoan mavsumda yetishtiriladigan va qayta ishlashga yo‘naltiriladigan yalpi xirmon salmog‘i 24.6 ming tonnaga yetkazilishi belgilangan. Hozirgi kunda paxta terish jarayoni jadal suratlarda olib borilmoqda.

Qolaversa, 7 ta paxta terish mashinasi mavsumda ishtirok etayotgani muhim samara beryapti. Asosiysi, paxtachilikdagi yangicha yondashuvlar, ilm-fanning tatbiq etilishi natijasida hosildorlik yildan-yilga oshmoqda.