Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 145 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Izlagan imkon topar: Issiqxonaning harajatlari ikki karra kamaydi

×

 2024-10-07 11:35:27    176

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanidagi “Xumdon” mahallasida ham aholi tomorqa yerlaridan unumli foydalanish va el dasturxoni uchun arzon qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni kengaytirishda qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu mahallada istiqomat qiluvchi Qurbonali Madaliyev ham kaftdek yerdan unumli foydalanib qishloq-xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga astoydil kirishganlardan sanaladi.

Qurbonali mahalladagi hokim yordamchisining tavsiyasi va ko‘magi bilan  imtiyozli kredit olib 35 sotix yerga issiqxona barpo etdi. Harajatni kamaytirish daromadni orttirish uchun harakat qilgan tadbirkor dastlabki yili olingan daromadidan issiqxonaga zamonaviy isitish moslamasi o‘rnatdi va ko‘chatlarni tomchilatib sug‘orishga mosladi. Natijada harajatlar ikki karra kamaydi.

Hozirda 8 ta ishchi o‘rni yaratildi. Qish dasturxoni uchun ekilgan pomidorlar gullash arafasida. Dekabr oyi boshida pishib yetiladigan pomidorlar xalqimiz uchun ichki bozorga qolaversa Qirg‘iziston va Rossiya davlatlariga eksport qilinadi.