Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Giyohvandlikka qarshi kurashish “Dolzarb oylik” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
2024-10-07 11:21:30 159
Giyohvandlikka qarshi kurashish “Dolzarb oylik” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shtepa tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tuman bo‘limi, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi va Qo‘shtepa tumani bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmasi xodimlari ishtirokida giyohvandlikka qarshi kurashishga oid ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli “Langar” shifoxonasi xodimi Xamidullo Shodmonov va “Hazrati Mavlono” jome masjidi imom xatibi A’zamxon Usmonovlar tomonidan giyohvand moddalarning salbiy oqibatlari, qolaversa u insoniyat kelajagining kushandasi ekanligi va ushbu illatning oldini olish to‘g‘risida so‘z yuritildi.