Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Fotoreportaj: Qo‘shtepada “O‘qituvchi va murabbiylar kuni“ bayrami keng nishonlandi

×

 2024-09-28 13:34:34    239

PDF yuklash
Chop etish


1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bugun Qo‘shtepa tumanidagi “Volidam” to‘yxonasida tuman bayram tadbiri tashkil etildi. Unda tuman hokimi Anvarjon Abdullayev, tuman sektorlari rahbarlari, tumanimizdagi kasb-hunar maktablari, maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida samarali mehnat qilib kelayotgan 300 nafarga yaqin ilg‘or ustoz-murabbiylar, faxriylar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

O‘zining mashaqqatli mehnati, ijodiy salohiyati bilan jamiyatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan o‘qituvchi-murabbiylarni, nuroniy ustoz-faxriylarni tabriklash uchun so‘z olgan tuman hokimi Anvarjon Abdullayev barcha o‘qituvchi va murabbiylarni samimiy muborakbod etib, keyingi yillarda mamlakatimizda xalq ta’limiga alohida e’tibor berilayotganligini, bundan pedagoglar nihoyatda mamnun ekanligini alohida ta’kidladi.

Tadbirda bugungi kunda ta’lim tizimining barcha jabhalarida samarali faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar va murabbiylar, shuningdek mehnat faxriylarning katta guruhi tuman hokimining tashakkurnomalari va tuman MMTB kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, go‘zal taronalar esa o‘yin-kulgularga ulanib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.