Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 182 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Izlagan imkon topar

×

 2024-09-26 10:21:58    63

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanidagi “Paxtakor” mahallasida yashovchi Maxbubaxon Xakimova o‘z xonadonida milliy hunarmandchilik yo‘nalishimizda chorsi tikish faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Uning ishini ko‘rgan qo‘ni-qo‘shnilari ham chorsi tikishga qiziqib qolishdi va Maxfuzaxonga shogird bo‘lishdi. Maxfuzaxon shogirdlari bilan ichki bozorga chorsi tikishni yo‘lga qo‘ydi. Lekin bozorga ko‘proq mahsulot yetkazib berish uchun ko‘proq xom ashyo kerak edi. Shu sabab Maxfuzaxonning faoliyatida xom ashyo harid qilish masalasida muammo paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng u yordam so‘rab mahalla hokim yordamchisiga murojaat qildi.

Hokim yordamchisi tadbirkor ayolning taklifini qo‘llab-quvvatladi va xom ashyo xarid qilishi uchun bankdan 10 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi.   

Hozirda Maxbubaxon Xakimova faoliyatini kengaytirib, milliy hunarmandchilik yo‘nalishidagi ishini davom ettirmoqda. Mahalladagi o‘zi singari ishsiz ayollar bilan buyurtma asosida ichki bozorga chorsi tikib kelmoqda.

Kelajakda u o‘z faoliyatini yanada kengaytirish va usta-shogird an’analarini ham davom ettirish niyatida.