Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Hormang, paxtakorlar!

×

 2024-09-26 09:54:51    69

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda yurtimiz dalalarida paxta yig‘im-terimi mavsumi avj pallaga kirib bormoqda. Ming mashaqqat bilan yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay yig‘ib olish maqsadida terimchilar, ko‘ngilli hasharchilar astoydil bel bog‘lab mehnat qilishmoqda. Ayniqsa paxta hosilini yig‘ib olishda opa-singillarimizning o‘rni katta.

Qo‘shtepa tumanida ham paxtakorlar paxta hosilini yig‘ib olish ishlarini jadal sur’atda olib borishmoqda. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari D.Xoliqov va madaniyat bo‘limi xodimlari “Do‘rmon” MMTP hududidagi “Yaxshi niyat” fermer xo‘jaligi dalalariga tashrif buyurishdi.

Terimchilarni munosib taqdirlash maqsadida tushlik mahali musiqiy tadbir tashkil etildi. Terimchi opa-singillarimiz Qo‘shtepaning xushovoz xonandasi S.Azimovning jonli qo‘shiqlaridan baxramand bo‘lishdi.

Tadbir davomida mehmonlar paxtakorlarga xormang, deya terimda  eng yuqori natijalarni qayd etayotgan terimchilarga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.  Bunday e’tibordan terimchilar juda mamnun bo‘ldilar.