Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 228 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tumanida 4 ta tajriba asosida aholi bandligini ta’minlash, kichik biznesga jalb qilish bo‘yicha Qo‘shtepa tumani hokimining birinchi o‘rinbosari A.Yunusovning MUROJAATI

×

 2024-09-23 17:38:57    237

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, tumandoshlar!

Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan yaratib berilgan 4 ta tajriba, ya’ni Sayxunobod, Zarbdor, Uychi va Gʻijduvon tajribalari yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, aholi daromadini oshirish, tomorqadan samarali foydalanish, mahallalarda drayver loyihalarni ishlab chiqish va sanoatni rivojlantirishda dasutri amal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Joriy yil mobaynida “Sayxunobod tajribasi” asosida 51 ta mahallalarda jami 1020 ta mikroloyihalar amalga oshirishni rejalashtirgan edik.

Shundan sentyabr oyida 204 ta loyihalarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, amalda 202 ta loyihalar ishga tushurildi.

 “Zarbdor tajribasi” asosida 11 ta mahallalarda sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida jami 21 ta loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Yaratiladigan ish o‘rinlari soni 705 ta.

Amalda bugungi kun xolatiga 15 ta loyihalar ishga tushurilib, 445 ta ish o‘rinlari yaratildi.

Qo‘shtepa tumanida “Gʻijduvon tajribasi” asosida 8 ta mahallalarda “tepaga o‘sadigan” (vertikal) sanoat binolari tashkil qilish, bino va inshootlarlarga ehtiyoji yuqori bo‘lgan tadbirkorlar ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘chirish bo‘yicha jami 120 ta loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Yaratiladigan ish o‘rinlari soni 918 ta.

Topshiriqqa asosan 28 ta loyihalar shakillantirildi. Ish o‘rinlari soni - 657 ta. Amalda bugungi kun xolatiga 17 ta loyihalar ishga tushurilgan. Ish o‘rinlari soni - 340 ta.

Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha “Uychi tajribasi” asosida iyul-dekabr (2-yarim yillik) oylari mobaynida bank mijozlari bilan 16 ta uchrashuvlar o‘tkazish va buning natijasida 2877 ta ish o‘rinlari yaratish belgilangan. Amalda bugungi kun xolatiga banklar tomonidan 9 ta uchrashuvlar o‘tkazilib, 1689 ta ish o‘rinalri yaratildi.

Jumladan, sentyabr oyida 2 ta uchrashuv tashkil etilib, 429 ta ish o‘rinlari yaratildi.