Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 143 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Paralimpiya o‘yinlarida zafar quchgan Yorqinbek Odilov bilan uchrashuv o‘tkazildi

×

 2024-09-23 15:08:44    137

PDF yuklash
Chop etish


Parij – 2024 Paralimpiya o‘yinlarida yengil atletikaning nayza uloqtirish yo‘nalishida 50 metr 32 sm natijani qayd etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan matonatli sportchi Yorqinbek Odilov bilan Qo‘shtepa tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muassasa tomonidan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimining maslahatchisi, “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Zokirjon Rahmonov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limining mas’ullari, shuningdek, chempionning birinchi ustozi bobosi Odiljon Qurbonovlar ishtirok etishdi.

Paralimpiya o‘yinlarida zafar quchgan Yorqinbek Odilov yoshlar bilan muloqot chog‘ida Parijda o‘tgan yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi taassurotlar, davlatimiz rahbari qabulida bo‘lgan hayajonli daqiqalar haqida so‘zlab berdi.

Suhbat davomida so‘z olgan chempionning bobosi va boshqa ishtirokchilar Paralimpiya o‘yinlarida o‘zining azmu shijoati va mahorati, mustahkam iroda va jasoratini namoyon etib, Vatanimiz tarixida mislsiz natijalarga erishgan Yorqinbek Odilov haqida iliq fikrlarini bildirishdi. Yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga chempiondan batafsil javob olishdi.

Tadbir so‘ngida “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Zokirjon Rahmonov tomonidan Yorqinbek Odilov va uning bobosi Odiljon Qurbonovga milliy an’analarimizga ko‘ra to‘n va do‘ppi kiydirildi. Shuningdek, “Nuroniy” jamg‘armasi  va 2-son kasb-hunar maktabi ma’muriyatining esdalik sovg‘alari topshirildi.