Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo‘shtepada 81 nafar ayolga subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi
2024-09-19 17:49:01 175
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligida tuman hokimi A.Abdullayev va hokim o‘rinbosarlari, mahalla xotin-qizlar faollari ishtirokida “Ayollar daftari” da turgan 81 nafar xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamg‘arma mablag‘lari hisobidan subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi.
Tikuv mashinalarini topshirgan A.Abdullayev yurtimizda ayollarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida Qo‘shtepa tumanida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib, opa-singillarimizning kelgusi ishlariga omad va zafarlar tiladi.
– So‘nggi paytda yurtimizda ayollarga qaratilayotgan e’tibordan juda ham mamnunman, – deydi “Yo‘ldoshobod” MFYda istiqomat qiluvchi S.Mavlonova – “Ayollar daftari”ning 1-toifasiga ro‘yxatiga kiritilgan edim. Bugun menga zamonaviy tikuv mashinasi taqdim etildi va buni shaxsan tuman hokimi o‘zi topshirgani meni judayam quvontirdi. Gʻayratimga g‘ayrat qo‘shilib, bundan keyin shijoat bilan mehnat qilishga va’da beraman.
Ayollar bandligini ta’minlash, ularni yakka tartibda tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish va bu kabi amaliy ishlar tumanimizda davom etmoqda.