Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANIDAGI USTA HUNARMANDLAR FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

×

 2024-09-18 08:16:06    112

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani Sarmozor mahallasidagi metalldan yasalgan badiiy buyumlarga bo’rtma usulda ishlov berish – kandakorlik bilan shug’ullanuvchi usta hunarmand Akramxon Yunusovni ko’pchilik yaxshi taniydi. U misdan oftoba, patnis, choy idish, ko’za, qumg’on, samovar kabi bejirim mahsulotlar yasaydi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ustaning xonadonida bo’lib, u yasagan mahsulotlar bilan tanishdi. Hunarmand ustaxona, o’quv markazi, turistlar uchun mo’'jazgina mehmonxona tashkil etayotganini bildirdi.

Shu mahallada yashovchi O’ktamxon Hamroxo’jayev ot uchun anjomlar tayyorlash bilan shug’ullanadi. Uning qo’l mehnati asosidagi mahsulotlari Qozog’istonda ham xaridorgir. Bugungi kunda shu mahalladagi 20 ga yaqin xonadon ham tadbirkordan buyurtma olib, anjomlarning turli qismlarini tayyorlashni yo’lga qo’ygan. Oilalarning o’rtacha daromadi 6-8 mln. so’mni tashkil etadi.

Viloyat rahbari uning xonadonida bo’lib, ish jarayonini ko’zdan kechirdi. Tadbirkorning faoliyatini yuqori baholab, tarmoqni kengaytirish, ish o’rinlarini ko’paytirish borasida ko’rsatmalar berildi.