Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANIDAGI QAMISHTEPA MAHALLASI MEBELCHILIKKA IXTISOSLASHGAN BO’LIB, 200 GA YAQIN XONADON USHBU YUMUSHLAR BILAN SHUG’ULLANADI

×

 2024-09-18 08:11:24    113

PDF yuklash
Chop etish


Shu bois mahalla bugungi kunda ishsizlikdan xoli hudud sifatida e'tirof etilmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Qamishtepa MFYda bo’lib, tadbirkorlikni yo’lga qo’ygan oilalar faoliyati bilan tanishdilar.

Doniyor Xolbekov zamonaviy dastgohlar asosida oynaga ishlov berish tarmog’ini tashkil etgan. U bugungi kunda buyurtma asosida mebellarga sayqallanib, ishlov berilgan oynalarni yetkazib bermoqda. 20 nafar mahalla yoshlari bu yerda ishlab, o’rtacha 7-8 mln. so’m ish haqi olmoqda. Viloyat rahbari bu yerdagi ish jarayoni bilan tanishib, tadbirkorning faoliyatini yuqori baholadi.

Zuhriddin Mashrapov esa xonadonida mebellar uchun matraslar tayyorlaydi. Oila-a'zolari shu bilan band. Viloyat hokimi unga faoliyatini yanada kengaytirish, daromadini ko’paytirish bo’yicha ko’rsatmalar berdi. Husanboy Nurmatov xonadonida ham turli o’lchamdagi matraslar ishlab chiqarilyapti, 10 ta ish o’rni yaratilgan.

Shu mahallada yashovchi Ikromjon Otaboyev o’z uyida mebelchilikni tashkil etgan. Uning mahsulotlari ham xaridorgir. Viloyat hokimi bu yerda bo’lib, ishlab chiqarish jarayonini ko’zdan kechirdi. Xonadonda uzumchilikdan ham yaxshi daromad olinayotgani alohida e'tirof etilib, har bir oila shunday bo’lishi kerakligi ta'kidlandi.

Adhamjon Bo’ronov ham yotoqxona mebellari ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan. Tojiddin Mahmudov esa mahalladagi mebelchilarga xom ashyolar, ya'ni materiallarni yetkazib bermoqda. Bu yerda 15 nafar yoshlar bandligi ta'minlangan.

Xayrullo Bozorov tuman sektorlari rahbarlariga har bir mahallaning ixtisoslashiga e'tibor qaratish, oilalarning daromad manbaini topishiga ko’maklashish bo’yicha topshiriqlar berdi.